Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi Toshkentda tug‘ilgan 11 yoshli fuqaro M.A.ning yo‘l-transport baxtsiz hodisasi oqibatida vafot etishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda dafn marosimini o‘tkazishda marhumning oila a’zolariga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Illyustrativ foto
“Dunyo” AA xabar qilishicha, Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatarda safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtotransport vositasi boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida yuzaga kelgan hodisada u bosh qismidan olgan tan jarohatlari sabab hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Qayd etilishicha, mazkur voqea haqida ma’lumot kelib tushishi bilan O‘zbekistonning Qatardagi diplomatik vakolatxonasi Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor tarzda zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralarini ko‘rgan.
Shuningdek, marhumning oila a’zolariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilib, dafn marosimini tashkil etish masalalari ular bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan.
Mintaqadagi mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy an’analarga muvofiq Qatar hududida dafn etilgan.
Mavzuga oid
11:08
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:07
Qatarda Eron korpusi foydasiga josuslikda gumonlangan o‘n kishi qo‘lga olindi
17:36 / 02.03.2026
“Qatarliklarning Erondan jahli chiqqan” – Dohadagi o‘zbek ishchi
14:13 / 02.03.2026