Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Rossiya strategik sheriklik masalalari muhokama qilindi
4 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi alohida e’tibor markazida bo‘lib, ularni hayotga tatbiq etish doirasidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston–Rossiya hamkorligi doirasida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama formatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslar va kelishuvlarning ijrosini tizimli ravishda muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham mulohazalar bildirilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026