Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda har bir tumanda bittadan ekobog‘ barpo etiladi
Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish va har bir tumanda bittadan ekobog‘ barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu prezidentning “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, hududlarda yashil bog‘lar, ekopark va xiyobonlarni barpo etish investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, mazkur maqsadlar uchun tegishli hududlarda davlat mulki obektlari va yer uchastkalarini sotishdan mahalliy budjetga tushadigan mablag‘larning 10 foizi, shuningdek mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 5 foizi maqsadli yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan 2028 yil 1 martga qadar eksperiment tariqasida belgilangan yer uchastkalarda ko‘p kvartirali uylarni kompleks qurilish mexanizmlari asosida qurishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. Tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari esa tegishli hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.
Qarorda raqamli boshqaruv va shaffoflik masalalari ham belgilangan. Jumladan, 2027 yil 1 yanvardan ko‘p kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun “Shaffof qurilish” tizimida beriladigan ruxsatnoma Uy-joy yagona raqamli urbanizatsiya platformasida idoralararo integratsiya asosida avtomatik ravishda shakllantirilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, tashabbus Toshkentda yashil infratuzilmani kuchaytirish, aholi dam olishi uchun qulay muhit yaratish va shahar hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:58
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026
Toshkentda renovatsiyaning birinchi bosqichi boshlandi
11:09 / 13.06.2026