Jahon | 23:17 / 05.03.2026
1544
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kubaning «qulashini» bashorat qildi

Biz Kubaga barcha neft va pul oqimlarini to‘xtatamiz, dedi Oq uy rahbari.

Foto: Anadolu/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Kubada hukmron rejimning qulashini bashorat qildi. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Kuba qulaydi. Biz barcha neft ta’minotini, barcha pul oqimlarini to‘xtatamiz yoki yagona manba bo‘lgan Venesueladan barcha ta’minotni to‘xtatamiz. Ular esa bitim tuzmoqchi», dedi Tramp.

3 yanvar kuni AQSh harbiylari «Mutlaq qat’iyat» operatsiyasini o‘tkazdi, unda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, AQShga olib ketildi.

2 mart kuni The Atlantic nashri AQSh prezidenti Donald Trampning navbatdagi «nishoni» Kuba bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chop etdi. Ma’muriyatning anonim vakili nashrga AQSh so‘nggi harbiy amaliyotlaridan keyin «prezident ishtiyoqni his qilayotganini» aytgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid