Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joylar qurilishida maxsus huquqiy rejim joriy etildi
2026 yil 1 martdan 2028 yil 1 martga qadar Toshkent shahar, Samarqand, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi 6 ta mavzeda ko‘p kvartirali uy-joylarning namunaviy loyihalari kompleks qurilish tamoyillari asosida bunyod etiladi.
Mazkur tashabbus doirasida amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlarni muvofiqlashtirish Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasiga yuklatildi.
Kompleks qurilish tamoyillari asosida qurilishni amalga oshirish tartibi tegishli ilovada belgilangan.
Ushbu masalalar prezidentning “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
11:33 / 06.06.2026