Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
Shanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, kunduzi esa havo harorati +15…+20 darajagacha ko‘tariladi. 8 mart, yakshanbada iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Juma kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati ko‘tariladi va kun o‘rtasiga kelib +10…+15 darajagacha isiydi.
Kechasi aksariyat viloyatlarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Shanba kunduzi havo harorati +15…+20 darajagacha ko‘tariladi.
8 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda va Navoiy viloyati cho‘l hududining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi.
9 martda respublika hududiga yana nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha (shimoliy hududlardan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyati cho‘l hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida juma kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +11…+13 daraja bo‘ladi. Kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +6…+8 daraja, kunduzi +16…+18 daraja bo‘ladi.
8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +6…+8 daraja, kunduzi +18…+20 daraja bo‘ladi.
9 martda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +14…+16 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026