Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 9–11 mart kunlari yomg‘ir va qor kutilmoqda
9–12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik va shamol kuchayishi prognoz qilinmoqda.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, 9–11 mart kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Asosan yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa qorga aylanishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi, ba’zi joylarda esa 22–25 metr/soniyagacha yetishi mumkin.
10–12 mart kunlari havo harorati sezilarli darajada pasayadi. Respublika shimolida kechalari 7–10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja sovuqqacha tushishi prognoz qilinmoqda.
Qolgan hududlarda 11–12 mart kunlari kechalari 0–3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari esa 2–5 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.