O‘zbekiston | 09:54
965
1 daqiqa o‘qiladi

Serena pharma ta’sischisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Toshkent shahridagi Serena pharma mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Vijayvargi Satish Rameshchandra “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, Vijayvargi Satish Rameshchandra mamlakat farmatsevtika sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon va tibbiyot vositalari bilan ta’minlash, xalq salomatligini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, u ilg‘or innovatsiyalar va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari uchun taqdirlangan.

Mazkur farmon 2026 yil 5 mart kuni imzolangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid