Şoir va ma’naviyat tarğibotçisi Xuşboq Rahimov prezident farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
«Köp yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotimizni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvçi asarlar bilan boyitiş, xalqimizning ongu tafakkuri, ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşga qöşgan munosib hissasi, yurtimizdagi tub islohotlar mohiyatini jamoatçilikka yetkaziş, jamiyatda millatlararo döstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari örtasida özaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş, milliy madaniyatlar va an’analarni rivojlantiriş borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun şoir, ma’naviyat tarğibotçisi Rahimov Xuşboq «Döstlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.
Şuningdek, xitoylik Tian Şuçun ham «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.
«Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, ikki tomonlama manfaatli şeriklikni rivojlantiriş, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etişga qöşayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarini yanada jadallaştiriş, zamonaviy quriliş-arxitektura hamda savdo va xizmat körsatiş sohalarida istiqbolli va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş borasidagi katta xizmatlari uçun «TSC HK Investment» mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi Tian Şuçun Özbekiston Respublikasining «Döstlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.












