Jahon | 20:26 / 07.03.2026
5906
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi

AQSh Yaqin Sharqdagi mojaro keskinlashishi fonida Eron neft sektoriga bosimni kuchaytirmoqda.

Foto: Vahid Salemi / AP

Vashingtondagilar Eron neftini «Tehron qo‘lidan tortib olish» niyatida ekanligini aytdi, bu esa mamlakatni uni sotishdan keladigan daromaddan mahrum qiladi.

Bu haqda Amerikaning energetika ustunligi bo‘yicha milliy kengashi direktori Jarrod Eygen Fox News efirida gapirdi.

Jurnalistlar undan Yaqin Sharqdagi mojaroning neft narxiga ta’sirini baholashni so‘radi.

«Oxir-oqibat Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi muammolardan xavotir olmasak ham bo‘ladi, chunki biz [Eron rahbariyati] qo‘lidan barcha neftni tortib olamiz», dedi Eygen.

Shu hafta Eron dunyodagi asosiy neft ta’minoti yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi amalda yopilganini e’lon qildi. Taqiq barcha kemalarga, jumladan, tijorat kemalari va neft tankerlariga ta’sir qildi. Strategik yo‘lakda trafik deyarli to‘xtagan, kemalarning bir qismi raketa zarbalariga uchramoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, neft oqimlarini nazorat qilish uchun kurash mintaqadagi geosiyosiy qarama-qarshilikning asosiy elementlaridan biriga aylandi. Fors ko‘rfazidan neft eksportidagi har qanday uzilish jahon energetika bozorlari va yoqilg‘i narxlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid