Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydan Toshkentga aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda
Dubay shahrida vaziyat nisbatan barqarorlashgani va havo hududi ochilgani munosabati bilan Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Dubay – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlar UzAirways, CentrumAir va Qanotsharq aviakompaniyalari orqali amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 5–6 mart kunlari UzAirways aviakompaniyasi reyslari hamda 6 mart kuni CentrumAir reysi Toshkentga bo‘sh o‘rinlar bilan qaytgan.
Shuningdek, so‘nggi kunlarda FlyDubai va Air Arabia aviakompaniyalari orqali chipta olgan, ammo reyslari bekor qilingan yoki kechiktirilgani sababli Dubayda qolib ketgan yurtdoshlar o‘z tur-operatorlari yoki aviakompaniyalar bilan bog‘lanib, kunlik amalga oshirilayotgan reyslar orqali O‘zbekistonga qaytish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Bosh konsulxona xodimlari yurtdoshlar murojaatlarini qabul qilish va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida tun-u kun ishlashda davom etayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, fuqarolarga vaziyat bo‘yicha faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan axborotlarga tayanish, tasdiqlanmagan ma’lumotlar va turli mish-mishlarga ishonmaslik tavsiya etildi.
https://t.me/TIVmatbuot/893
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
11:15 / 06.05.2026