Jamiyat | 16:03
1474
2 daqiqa o‘qiladi

Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayollar soni 18 mln 979 ming nafarni tashkil etgan. Bu esa mamlakat doimiy aholisining 49,6 foiziga teng.

Statistikaga ko‘ra, ayollar soni bo‘yicha hududlar orasida Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Mazkur hududda 2 mln 172,4 ming nafar ayol istiqomat qiladi.

Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati egallagan bo‘lib, bu yerda 2 mln 91,2 ming nafar ayol yashaydi. Uchinchi o‘rinda esa 1 mln 831,6 ming nafar ko‘rsatkich bilan Qashqadaryo viloyati qayd etilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 1 mln 737,4 ming nafar, Toshkent shahrida 1 mln 616,9 ming nafar, Toshkent viloyatida 1 mln 574,3 ming nafar va Namangan viloyatida 1 mln 568,5 ming nafar ayol istiqomat qiladi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida 1 mln 486,6 ming nafar, Buxoro viloyatida 1 mln 50,4 ming nafar, Xorazm viloyatida 1 mln 32,3 ming nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 mln 21,7 ming nafar ayol ro‘yxatga olingan.

Qolgan hududlarda ayollar soni quyidagicha: Jizzax viloyatida 776,0 ming nafar, Navoiy viloyatida 548,7 ming nafar va Sirdaryo viloyatida 471,0 ming nafar.

Mutaxassislar qayd etishicha, ayollar sonining hududlar kesimida turlicha bo‘lishi aholi soni, demografik holat va urbanizatsiya darajasi bilan bog‘liq.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid