Jamiyat | 13:56 / 09.03.2026
1782
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchixonasi Mavritaniyada qolib ketgan fuqarolarga yordam berdi

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan Mavritaniya hududida ikki yoshli farzandi bilan qiyin ahvolga tushib qolgan va hujjatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarosiga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ikki yoshli farzandi bilan Mavritaniya hududida qiyin ahvolga tushib qolgan va hujjatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Fuqaroning murojaati bo‘yicha elchixona xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Qisqa vaqt ichida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ona va bolani vatanga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, elchixona tomonidan Misrdan Mavritaniyaga hujjatlarni yetkazib berish ishlari tashkil etildi. Bu esa ona va bolaning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishiga imkon berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid