Mavritaniya poytaxti Nuakshot shahridagi xalqaro aeroportda shaxsi noma'lum erkak ichida yo‘lovchilari bo‘lmagan samolyotni egallab oldi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u agarda kuch ishlatuvchi tizim xodimlari uni ushlashga harakat qiladigan bo‘lsa, samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda.

Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, u Mavritaniya hukumatidan kompensatsiya to‘lanishini talab qilgan, ammo aynan qanday kompensatsiya to‘lanishi kerakligi noaniq.
Samolyot Mavritaniyaning «Ambriar» aviakompaniyasiga tegishli ekanligi aytilmoqda.









