Jahon | 08:50
12616
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Trampga Erondagi urushni yakunlash bo‘yicha variantlarni taklif qildi

RF va AQSh prezidentlari dekabrdan buyongi ilk telefon muloqotida Eron va Ukrainadagi urushlarni muhokama qildi, deb xabar berdi Putin yordamchisi Ushakov. Oq uy esa hozircha Tramp tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan ushbu muzokaralarga izoh bermadi.

Foto: AFP/Scanpix/LETA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 mart, dushanba kuni kechqurun AQSh rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Erondagi mojaroni tez orada tartibga solish bo‘yicha takliflarni bildirdi. Bu haqda Putin yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakov bayonotlariga tayanib xabar qilgan bir qator Rossiya OAVga ko‘ra, suhbatning asosiy mavzulari AQSh va Isroilning Erondagi urushi, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘lgan.

Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, Putin Ukrainada tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan urinishlarda AQShning va shaxsan Trampning vositachilik sa’y-harakatlariga ijobiy baho bergan. Kreml xabarida aytilishicha, suhbat Tramp tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan, taxminan bir soat davom etgan va “ishchan, ochiq hamda konstruktiv ruhda” kechgan.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil dekabridan beri ilk bor o‘tkazilgan ushbu telefon muloqoti chog‘ida Tramp Ukrainada o‘t ochishni tezroq to‘xtatish va “uzoq muddatli tartibga solishga erishish”dan manfaatdor ekanini bildirgan.

Vashingtonda esa Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati hozircha izohlanmagan. Bundan oldin Donald Tramp 9 mart kechqurunga Erondagi urush boshlanganidan beri ilk matbuot anjumanini e’lon qilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid