Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Isroil muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Isroil Davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Foto: TIV
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik muloqotni izchil davom ettirish, amaliy hamkorlikni yangi yo‘nalishlar hisobidan boyitish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mazmunan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyat, mazkur hududda kechayotgan jarayonlar hamda ularning mintaqaviy barqarorlikka ta’siri yuzasidan atroflicha mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish va mavjud aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Mavzuga oid
12:18
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
18:52 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning 10 kuni: qancha inson halok bo‘ldi?
14:06 / 10.03.2026