Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeI maxsus vakillari mintaqaviy xavfsizlikni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn formatda uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: TIV
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyat va ushbu hududda barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidlab, muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
23:37 / 20.04.2026