Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda norasmiy sektor qurilish ishlari hajmi oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga oshgan. Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 30,9 foizni tashkil etgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sib bormoqda. Xususan, 2022 yil yanvar oyida norasmiy sektor tomonidan 1,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 1,1 trln so‘mni tashkil etgan.
2024 yilda 1,4 trln so‘m, 2025 yilda esa 3,5 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. 2026 yil yanvar oyida esa mazkur ko‘rsatkich 4 trln so‘mga yetib, o‘sish tendensiyasi davom etayotgani qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
13:31
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
09:42 / 10.03.2026
O‘zbekistonda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar ma’lum qilindi
09:13 / 10.03.2026
Qurilish sohasida kichik korxonalar yetakchi o‘rinni egallamoqda
16:03 / 09.03.2026