Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Toshkent shahrida ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ta’lim xizmatlari hajmi bo‘yicha Chilonzor tumani 2,99 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Yunusobod tumani 2,19 trln so‘m va Olmazor tumani 2,15 trln so‘m bilan keyingi o‘rinlarda qayd etildi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida 1,77 trln so‘m, Mirobod tumanida 1,48 trln so‘m, Shayxontohur tumanida 1,41 trln so‘m va Yakkasaroy tumanida 1,08 trln so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Qolgan hududlar orasida Uchtepa tumanida 853,8 mlrd so‘m, Yashnobod tumanida 661,3 mlrd so‘m, Sirg‘ali tumanida 291,9 mlrd so‘m va Yangihayot tumanida 213,1 mlrd so‘mlik xizmatlar qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkich esa Bektemir tumanida kuzatilib, bu yerda ta’lim xizmatlari hajmi 43,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
19:42 / 22.04.2026
Maktablarda 12 yillik ta’limga qachon o‘tiladi? – mas’ullar jim
10:59 / 10.04.2026