Jahon | 21:41 / 12.03.2026
2202
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh me’moriy mukofot - Pritsker mukofotini Smilyan Radich oldi

Chililik arxitektorning mashhur ishlari orasida shishirilgan yostiq ko‘rinishidagi ulkan chodir ham bor.

Foto: Smilyan Radich

2026 yilgi Pritsker mukofoti - arxitektura sohasidagi asosiy jahon mukofoti chililik Smilyan Radich Klarkka nasib etdi.

«Noaniqlik, materiallar bilan tajribalar va madaniy xotira kesishmasida bo‘lgan ishlarida Smilyan Radich ishonchga bo‘lgan har qanday asossiz da’voning mo‘rtligini afzal ko‘radi. Uning binolari vaqtinchalik, beqaror yoki ataylab qurib bitkazilmagandek tuyuladi - deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasida, ammo ular tizimli, optimistik, tinch va quvonchli boshpana bo‘lib, zaiflikni hayotiy tajribaning ajralmas sharti sifatida qabul qiladi», deyiladi mukofot veb-saytidagi hakamlar hay’ati bayonotida.

Smilyan Radich

Smilyan Radich Chili poytaxti Santyagoda yashaydi va ishlaydi, o‘z studiyasida Frágil arxitektura fondiga asos solgan. Radich o‘zining ko‘plab asarlarini rafiqasi, haykaltarosh Marsella Korrea bilan hamkorlikda yaratgan. Chililik arxitektorning mashhur ishlari orasida shishirilgan yostiq ko‘rinishidagi ulkan chodir ham bor.

Arxitektura bo‘yicha «Nobel mukofoti» deb ataladigan Pritsker mukofoti 1979 yildan beri topshiriladi. G‘olib 100 ming dollar mukofotga ega bo‘ladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid