Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tijorat banklari kiberjinoyat oqibatlari uchun javobgar bo‘lishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining kiberxavfsizlik sohasidagi mas’uliyatini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.
Taqdimotda yuridik shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uchun, oqibat kelib chiqqan-chiqmaganidan qat’i nazar, ma’muriy javobgarlikni belgilash taklif etildi.
Ushbu amaliyot masofadan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi banklarga ham taalluqli bo‘lib, ularning o‘z tizimlarida firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha himoya va xavfsizlik choralarini muntazam takomillashtirib borishini talab qiladi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yillarda uchta bank tizimidagi zaiflik tufayli 3025 nafar mijozga 17 milliard so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyatlar oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘lishini qonunan mustahkamlash tashabbusi ilgari surildi.
Mavzuga oid
22:05
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
14:41
Farg‘ona vodiysida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
17:49 / 24.04.2026