Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
Xoshimin shahridan Istanbulga yo‘l olgan Turkish Airlines aviakompaniyasining TK163 reysi Samarqand xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Boeing 787 havo kemasi ekipaji yo‘lovchiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida muqobil aerodrom sifatida Samarqand aeroportiga yo‘nalish olgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 3:40 da qo‘ngan.
1959 yilda tug‘ilgan Fransiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchiga shifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda yurak xuruji gumon qilinmoqda. Yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lgan ikki nafar shaxs qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Zarur amaliyotlar yakunlanganidan so‘ng, reys parvozni davom ettirdi va mahalliy vaqt bilan soat 5:11 da Istanbul tomon yo‘l oldi.
Mavzuga oid
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
11:39 / 28.02.2026