O‘zbekiston | 10:49
461
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yil havo transporti uchun eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda havo transporti orqali qariyb 9,7 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda havo qatnovlariga bo‘lgan talab so‘nggi yillarda izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Foto: STATISTIKA

Tahlillarga ko‘ra, 2025 yildagi natija 2000 yil bilan solishtirganda ancha yuqori. Xususan, 2000 yilda havo transporti orqali 1,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 8,2 mln nafarga yoki 6,5 barobarga oshgan.

Yillar kesimida qaralganda, 2000–2010 yillar oralig‘ida havo transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni 0,8 mln nafardan 1,9 mln nafargacha yetgan. Keyingi yillarda ham bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich o‘sib borgan.

2019 yilda 3,2 mln nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2020 yilda pandemiya ta’sirida bu ko‘rsatkich 0,9 mln nafargacha kamaygan. Biroq keyingi yillarda havo qatnovlari tiklanib, 2021 yilda 3,0 mln, 2022 yilda 4,1 mln, 2023 yilda 5,3 mln va 2024 yilda 6,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

2025 yilda esa bu ko‘rsatkich 9,7 mln nafarga yetgan bo‘lib, bu mamlakatda aviatsiya sohasi faol rivojlanayotganini hamda ichki va xalqaro parvozlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid