Milliy statistika qömitasi 2026 yil 1 aprel holatiga aholi soni eng köp bölgan tuman va şaharlar röyxatini e’lon qildi.
Unga köra, Namangan şahri 731,3 ming aholi bilan birinçi örinni egallagan. Ikkinçi örinda 607,6 ming aholiga ega Samarqand şahri, uçinçi örinda esa 588,6 ming kişi yaşaydigan Urgut tumani qayd etilgan.
Reytingning keyingi örinlaridan Andijon şahri (506 ming kişi), Denov tumani (442,7 ming kişi), Olmazor tumani (419,6 ming kişi), Pastdarğom tumani (401,5 ming kişi), Yunusobod tumani (395 ming kişi), Şayxontohur tumani (374,6 ming kişi) hamda Asaka tumani (369,6 ming kişi) joy olgan.
Qayd etilişiça, 2026 yil 1 aprel holatiga mamlakatning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 million nafarni taşkil etgan.






