Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
2025 yil 10 iyunda imzolangan O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim prezident qarori bilan tasdiqlandi. Afg‘oniston – O‘zbekistonning eng asosiy eksport bozorlaridan biriga aylanib boryapti. O‘tgan yili o‘zaro savdo 47,5 foizga oshgan.
Prezident qarori bilan, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Kelishuv 2025 yil 10 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy o‘rtasida tuzilgandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro hujjat kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichidagi tartib-taomillar O‘zbekiston tomonidan bajarilgani to‘g‘risida Afg‘oniston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 47,5 foizga oshib, 1 mlrd 678 mln dollarga yetdi.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026