Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 9,4 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda 1,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati va Samarqand viloyati egallagan. Xususan, Toshkent viloyatida 1,3 trln so‘mlik, Samarqand viloyatida esa 1,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 735 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 667 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 629,5 mlrd so‘m va Namangan viloyatida 620,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Boshqa hududlarda ham mazkur sohada muayyan ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 559,5 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 439,9 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 412,6 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 320,9 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 299,9 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 291 mlrd so‘m va Jizzax viloyatida 266,1 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda oziq-ovqat sanoati barqaror rivojlanayotganini va hududlarda ishlab chiqarish hajmlari bosqichma-bosqich ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
11:09 / 13.06.2026
Silk Road Finance & Technology Forum: dunyo yetakchilari Toshkentda jamlanadi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
11:24 / 31.05.2026