Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda politsiya keksa ayolni cho‘chitib yuborgan robotni “qo‘lga oldi”
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol robotga qarab jahl bilan gapirayotgani, shuningdek politsiya xodimlari robotni olib ketayotgani aks etgan.
Foto: Videodan kadr
Xitoyning Makao tumanida odamsimon robot ishtirokida g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘ldi. Yetmish yoshli ayol ko‘chada telefon ekraniga qarab ketayotib birdan to‘xtagan va ortidan kelayotgan Unitree G1 robotini ko‘rib qattiq qo‘rqib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol robotga qarab jahl bilan gapirayotgani, shuningdek politsiya xodimlari robotni olib ketayotgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, robot Makaodagi ta’lim markaziga tegishli bo‘lib, undan hududdagi reklama aksiyalarida foydalanilgan. Markaz vakili Tovin Makning tushuntirishicha, ayol yo‘lda to‘xtab qolgani uchun robot uning yonidan aylanib o‘ta olmagan hamda yo‘l bo‘shashini kutib turgan.
Ayol kuchli stressni boshdan kechirgan. Hodisa joyiga kelgan politsiya xodimlariga u o‘zini yomon his qilayotganini aytgan va shifoxonaga olib borilgan.
Mavzuga oid
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
23:15 / 13.03.2026
Xitoy miya implantini tijoriy maqsadlarda ishlatishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi
10:03 / 13.03.2026
Xitoy “etnik birlik” haqidagi o‘ta bahsli qonunni qabul qildi
15:24 / 12.03.2026