O‘zbekiston | 10:18
1423
1 daqiqa o‘qiladi

15 mart kuni metan zapravkalar olti soat ishlaydi

O‘zbekistonda 15 mart kuni metan zapravkalar olti soat – 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Vodiydagi zapravkalarning ish vaqti esa hokimliklar bilan kelishilgan holda e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda 15 mart, yakshanba kuni metan zapravkalar soat 10:00 dan soat 16:00 gacha ishlaydi, deya xabar qilmoqda Energetika vazirligi.

Farg‘ona vodiysidagi zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi, deya qayd etdi vazirlik.

Avvalroq vazirlik 14 martdan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma’lum qilgandi. Biroq shu kuni ham cheklovlar saqlanib qoldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid