O‘zbekiston | 13:17
689
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

16–18 mart kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 17−19 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari +5…+10, kunduz kunlari +13…+20 daraja atrofida bo‘ladi.

16–18 mart kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

17–18 mart kunlari Surxondaryo viloyatida va 18 mart kuni Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 19 martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

20 mart kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +15…+20 daraja, yomg‘ir paytida +13…+15 daraja bo‘ladi. Bunday harorat foni mart oyi o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir, deydi sinoptiklar.

16–17 mart kunlari respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida 16–18 va 20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +17…+20 daraja, 19 martda +14…+17 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid