Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax va Andijonda YPX xodimlari qo‘lga olindi
Jizzaxda YPX xodimi mast holda mashina boshqarganlik holatini sud orqali ijobiy hal etib berishni aytib, 700 dollar olganda tezkor tadbirda ushlandi. Andijonda ham shu kabi holat kuzatildi: YPX xodimi YTH bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi xulosasini o‘zgartirib berishni va’da qilib, 500 dollar so‘ragan.
Foto: IIV
Jizzax va Andijon viloyatlarida YPX xodimlari qo‘lga olindi. Har ikki holat korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari jarayonida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan aniqlangan hamda DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Jizzaxdagi holat
Jizzax viloyati YHXB xodimi, katta leytenant F.M. fuqaroga uning tanishiga nisbatan mast holda mashina boshqarganlik uchun rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani sud orqali ijobiy hal etib berishni va’da qilgan. U ushbu “xizmati” evaziga 700 dollar olayotganda ushlangan.
Shuningdek, surishtiruv davomida mazkur ma’muriy ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni qonuniy chora ko‘rish uchun o‘z vaqtida sudga yubormagan boshqa bir xodimning harakatlariga ham huquqiy baho berilmoqda.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan katta leytenant F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25,211-moddasi (pora berishda qasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijondagi holat
2 mart kuni Bo‘ston tumani hududida 21 yoshli A.N. Gentra mashinasida 5 yoshli bolani turtib yuborgan. Oqibatda bola tan jarohati olgan.
16 mart kuni haydovchi A.N.ning otasi DXX Andijon viloyat bo‘yicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, YPX katta inspektori, mayor I.O‘. sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini o‘zgartirib, ishni ijobiy hal etib berish evaziga 500 dollar talab qilganini bildirgan hamda unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Ariza asosida 16 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda I.O‘. talab qilgan 500 dollar pulni olgani, pullar uning xizmat xonasida ekani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Jizzaxda bir oyda ikki YPX xodimi tezkor tadbirda ushlangandi. Ulardan biri mast haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik uchun 1 500 dollar talab qilgan edi.
Mavzuga oid
17:47
Jizzaxdagi xususiy bog‘chada basseynga cho‘kib o‘lgan bola ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
20:37 / 16.03.2026
Jizzaxda «operativnik» firib ustida qo‘lga olindi
20:16 / 16.03.2026
«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
18:04 / 16.03.2026