Turizm | 08:51 / 17.03.2026
1437
2 daqiqa o‘qiladi

Uralsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Qozog‘istonning Uralsk shahrida “Uralsk – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan sayyohlik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston elchixonasi, Oqtov shahridagi Bosh konsulxona, Turizm qo‘mitasi hamda Centrum Air aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Foto: “Dunyo” AA

Uchrashuvda sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar, mahalliy ishbilarmon doiralar, Uralsk xalqaro aeroporti va davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirok etdi. Taqdimot davomida O‘zbekistonning turpaketlari, asosiy sayyohlik yo‘nalishlari va Toshkentga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, yangi aviaqatnov qozog‘istonlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga sayohatni ancha osonlashtirib, turistik almashinuv hajmini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbirda mamlakatda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi loyihalar, jumladan, Toshkentda “Tungi sayyohlik ko‘chalari”ni tashkil etish tashabbusi haqida ham ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib bormoqda va bu aviachiptalar savdosi hajmining o‘sishida ham aks etmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar sayyohlik sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid