Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toskana prezidenti iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Italiyaning Toskana hududi prezidenti Eudjyenio Jani joriy yil iyul oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev Florensiya shahrida Toskana hududi prezidenti Eudjyenio Jani bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar bo‘lajak tashrif dasturini muhokama qilib, Toskana va Buxoro viloyati o‘rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy, savdo va madaniy sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash masalasini ko‘rib chiqishdi.
Qayd etilganidek, mazkur hujjat hududlararo aloqalarni institutsional asosda rivojlantirish, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Italiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toskananing yetakchi kompaniyalari va biznes hamjamiyati vakillari ishtirokida qator uchrashuvlar hamda biznes-forum tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Delegatsiya tarkibiga to‘qimachilik, charm sanoati, farmatsevtika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, logistika va sertifikatlash sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillarini jalb etish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvlar davomida tashrif kun tartibi, delegatsiya tarkibini shakllantirish, biznes-forum o‘tkazish hamda Buxoro, Samarqand va Florensiya shaharlari o‘rtasida madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026