Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Amerika vizasi uchun 15 ming dollarlik garov dasturini kengaytirdi
Unga Gurjiston va yana 11 ta davlatni qo‘shdi.
Foto: Depositphotos
AQSh Davlat departamenti 2 apreldan boshlab viza garovi dasturini 50 ta davlatga tatbiq etadi - ushbu davlatlar fuqarolari B1 va B2 biznes va sayyohlik vizalarini olishda 15 ming dollar to‘lashi shart bo‘ladi. Garov AQShni o‘z vaqtida tark etgan yoki vizadan foydalanmaganlarga qaytarib beriladi.
38 davlatdan iborat amaldagi ro‘yxatga 12 ta yangi davlat qo‘shiladi: Kamboja, Efiopiya, Gurjiston, Grenada, Lesoto, Mavrikiy, Mo‘g‘uliston, Mozambik, Nikaragua, Papua-Yangi Gvineya, Seyshel orollari va Tunis. Dasturdagi mamlakatlarning aksariyati Afrikadan. Davlat departamenti migratsiya xavfini baholash asosida unga yangi davlatlarni kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, dastur allaqachon o‘z samaradorligini isbotlagan: garov shartlari asosida viza olgan mingga yaqin xorijliklarning 97 foizi belgilangan muddatlarda vataniga qaytgan. Rasmiylar Bayden prezidentligining so‘nggi yilida xuddi shu 50 mamlakatning 44 mingdan ortiq fuqarosi AQShda bo‘lish muddatini buzganiga e’tibor qaratmoqda.
Davlat departamentining ta’kidlashicha, dasturning kengaytirilishi yiliga 800 million dollargacha tejash imkonini beradi, chunki mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan bir xorijlikni deportatsiya qilishning o‘rtacha qiymati 18 ming dollardan oshadi.
Viza garovi - Tramp ma’muriyatining migratsiya siyosatini keng miqyosda qat’iylashtirishning bir qismi.
Mavzuga oid
22:36 / 19.03.2026
Eron urush boshlanganidan beri birinchi marta Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotiga zarba berdi
19:11 / 19.03.2026
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
14:13 / 19.03.2026
Urush nega aynan hozir boshlandi?
13:05 / 19.03.2026