Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
O‘zbekistonda atom energiyasidan foydalanish obektlarida radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yangi talablar loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni kuchaytirish, shuningdek, sohada yagona tartibni joriy etishga qaratilgan.
Loyihada radioaktiv materiallarni tashishni ruxsatnoma asosida amalga oshirish, ularni to‘g‘ri qadoqlash va konteynerlash, transport vositalarini jihozlash hamda radiatsion nazorat va monitoringni tashkil etish bo‘yicha asosiy talablar belgilangan.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, tashish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning majburiyat va javobgarligi, xodimlarning tayyorgarligi va davlat nazorati mexanizmlari ham aniqlashtirilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, radioaktiv materiallarni tashish jarayonida xodimlar, aholi va atrof-muhitga ko‘rsatiladigan radiatsiyaviy ta’sir belgilangan me’yorlardan oshmasligi shart.
Qadoqlash to‘plamlari radioaktiv materiallarni xavfsiz saqlash va tashish imkonini beradigan tarzda loyihalanishi, ularning mustahkamligi va radiatsiya ta’siriga chidamliligi hisobga olinishi lozim.
Shuningdek, radioaktiv materiallarni tashishda radiatsiyaviy nazorat, individual nurlanish dozalarini kuzatish, transport vositalari va qadoqlash to‘plamlarining holatini muntazam tekshirib borish talab etiladi.
Loyihada yadroviy xavfsizlik talablari ham alohida o‘rin olgan bo‘lib, yadroviy bo‘linuvchi materiallar bilan bog‘liq holatlarda maxsus cheklovlar va nazorat mexanizmlari joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur talablar radioaktiv materiallarni tashish sohasida xavfsizlikni ta’minlash, ishtirokchilar mas’uliyatini aniq belgilash hamda milliy me’yorlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:36 / 06.04.2026
Ochiq maydonlardagi vaqtinchalik inshootlar uchun xavfsizlik talablari kuchaytirildi
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
18:49 / 07.03.2026
AES quriladigan hududlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari tasdiqlandi
12:43 / 22.09.2025