Adliya vazirligi Oçiq maydonlarda örnatiladigan monitor, sun’iy arça va boşqa vaqtinçalik inşootlarni örnatiş tartibi töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi. Hujjat 2026 yil 3 aprel kuni 3805-son bilan röyxatdan ötgan.
Yangi tartibga muvofiq, vaqtinçalik inşootlar şamol, yomğir va zilzila kabi holatlarga bardoş beradigan qilib qurilişi kerak. Şuningdek, ularda xavfsizlik belgilari, evakuatsiya yöllari va odamlarning xavfsiz harakatlanişi uçun zarur şaroitlar majburiy tarzda ta’minlanadi.
Hujjatda yölaklar va örindiqlar böyiça ham aniq texnik talablar belgilangan. Jumladan, yölak uzunligi 30 metrdan oşsa, uning kengligi 1,6 metr, 30 metrdan kam bölsa 1,2 metr bölişi lozim. Qatorlar orasidagi yölaklar kengligi kamida 0,9 metr etib belgilangan.
Şu bilan birga, vaqtinçalik inşootlarda işlatiladigan metall qismlar zanglaşga qarşi, yoğoç qismlar esa olovga qarşi maxsus işlovdan ötkazilgan bölişi şart.
Sönggi yillarda bayram tadbirlari, mavsumiy bezaklar uçun oçiq maydonlarda turli vaqtinçalik inşootlardan keng foydalanilmoqda. Yangi talablar ana şunday obektlarda xavfsizlikni kuçaytiriş, favqulodda vaziyatlarda tez evakuatsiyani ta’minlaş va fuqarolar uçun xavf-xatarlarni kamaytirişga qaratilgan.








