Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
2026 yilning dastlabki ikki oyida 1 mln 82 ming nafar o‘zbekistonlik sayohat maqsadida xorijga chiqdi. Bu – o‘tgan yilning mos davridan 49,3 ming kishiga yoki 4,8 foizga ko‘p. Taqqoslash uchun, 2025 yil yanvar-fevral oylaridagi o‘sish 21,4 foiz bo‘lgandi.
Foto: Freepik
2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 1 081 612 nafar fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi.
Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 49,3 ming nafarga yoki 4,8 foizga ko‘p, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
O‘sish bir yil oldingidan keskin sekinlashganini ko‘rish mumkin. 2025 yilning yanvar-fevral oylarida 1 032,2 ming nafar o‘zbekistonlik chet elga sayyohat maqsadida chiqqan va bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga yuqori edi.
2026 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat (qavs ichida 2025 yilning mos davridagi ko‘rsatkich):
- Qirg‘iz Respublikasi – 426 421 nafar (422 572 nafar);
- Tojikiston – 179 390 nafar (193 348 nafar);
- Qozog‘iston – 166 017 nafar (154 716 nafar);
- Saudiya Arabistoni – 115 350 nafar (81 173 nafar);
- Rossiya – 62 054 nafar (48 029 nafar);
- Turkiya – 34 634 nafar (33 039 nafar);
- BAA – 26 449 nafar (31 787 nafar);
- Tailand – 10 946 nafar (10 803 nafar);
- Xitoy – 8 890 nafar;
- Misr – 8 872 nafar (11 078 nafar).
2025 yil yanvar-fevral oylarida TOP-10talikda bo‘lgan Viyetnam (7 876 nafar) ro‘yxatni tark etgan, uning o‘rnini bu yil Xitoy (8 890 nafar) egallagan.
Mavzuga oid
08:57
O‘zbekistonda 2025 yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi
15:07 / 19.03.2026
Meva-sabzavot eksporti: O‘zbekiston 99 mln dollarlik mahsulot sotdi
19:42 / 18.03.2026
“O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi
12:24 / 17.03.2026