Iqtisodiyot | 09:07
468
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Foto: Getty images

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sgan. Bu esa qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 281 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 206,1 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 49,2 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 32,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 20,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid