Özbekistonda qoğozsiz iş yuritişga ötiş jarayoni jadallaştiriladi. Bu borada 18 mart kuni «Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatida iş jarayonlarini raqamlaştiriş doirasida qoğozdan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2026 yil 1 iyunga qadar:
- işlatilgan qoğozlarni yiğiş uçun maxsus çiqindi qutilari taşkil etiladi va ularni qayta işlaş korxonalariga yetkaziş tizimi yölga qöyiladi;
- har bir tarkibiy bölinmadagi xodimlar soni, iş hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib çiqqan holda, qoğoz sarfi uçun çeklov joriy qilinadi.
2026 yil 1 maydan respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida:
- kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuziş jarayonida qoğoz, siyoh, printer va nusxa köçiriş uskunalarini xarid qiliş xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalaştiriladi;
- printerlardan markazlaşgan holda umumiy foydalaniş tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanişdagi oçiq ofisda faoliyat yurituvçi har 20 nafar xodim uçun 1 dona printer ajratiladi;
- har oyda 1 marotaba «Qoğozsiz bir kun» ekoaksiyasi ötkaziladi.








