Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd sömlik qoğoz va qoğoz mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga ösgan. Bu esa qoğoz sanoatida işlab çiqariş hajmi sezilarli darajada oşganini körsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, bu yerda 281 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarilgan. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati — 206,1 mlrd söm, Andijon viloyati — 49,2 mlrd söm, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd söm va Farğona viloyati — 32,4 mlrd sömni taşkil etgan.
Şuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd söm, Namangan viloyatida 20,2 mlrd söm, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd söm, Jizzax viloyatida 4 mlrd söm, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd söm, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd söm va Qaşqadaryo viloyatida 1,6 mlrd sömlik qoğoz mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Eng past körsatkiçlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd söm va Qoraqalpoğiston Respublikasida 0,3 mlrd sömni taşkil etgan.








