2026 yil yanvar-mart oylarida Özbekistonda yirik quvvatli quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 368,2 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 678,1 mln kVt/soatga yoki 40 foizga köp.

Jumladan, quyoş fotoelektr stansiyalari 1 mlrd 159,6 mln kVt/soat, şamol elektr stansiyalari esa 1 mlrd 208,6 mln kVt/soat energiya işlab çiqargan.
Qayd etilişiça, uşbu natijalar hisobiga 631 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan va atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar çiqişining oldi olingan.
Taqqoslaş uçun, 2025 yilning yanvar-mart oylarida quyoş va şamol elektr stansiyalari 1 mlrd 690,1 mln kVt/soat (quyoş — 971,8 mln, şamol — 718,4 mln kVt/soat) elektr energiyasi işlab çiqargandi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, joriy yilning uç oyida işlab çiqarilgan «yaşil» energiya hajmi örtaça 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik ehtiyojini qoplaşga yetadi.








