Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 martdan Chimyon va Amirsoyga yangi mikroavtobuslar qatnaydi
Toshkent viloyatining mashhur sayyohlik maskanlari - Chimyon, Chinorkent va Amirsoyga tashrif buyurish yanada osonlashdi. 2026 yil 21 martdan boshlab ushbu yo‘nalishlarda yangi mikroavtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Foto: Videodan kadr
«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, yangi 324- va 325-sonli mikroavtobus yo‘nalishlari ishga tushiriladi. Ushbu qatnovlar tog‘li hududlar aholisi, shuningdek, tabiat qo‘ynida dam olishni istagan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulaylik yaratadi.
324-sonli yo‘nalish Chimyon orqali Chinorkent temiryo‘l bekati — Qoranqul — Pana mehmonxonasi — Amirsoy — Tibet — Beldersoy — Chimyon — Sevarsoy — Layner — Piramida — Bochka orqali Beldersoygacha harakatlanadi.
325-sonli yo‘nalish esa ushbu yo‘nalishning teskari tartibdagi qatnovini ta’minlab, Chinorkent — Bochka — Piramida — Layner — Sevarsoy — Chimyon — Beldersoy — Tibet — Amirsoy — Pana mehmonxonasi — Qoranqul orqali yana Chinorkentga qaytib keladi.
Yo‘nalishlarda 16 o‘rinli, konditsionerli zamonaviy «Ford» rusumli mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Yo‘l haqi 10 ming so‘m etib belgilangan bo‘lib, to‘lovlar naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan boshlanib, har 15 daqiqada amalga oshiriladi. Manzilgacha yetib borish vaqti o‘rtacha 40 daqiqani tashkil etadi.
Yangi yo‘nalishlar hududda ekoturizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish va mahalliy aholi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 30.01.2026
Bo‘stonliqning Chimyon hududida qor ko‘chkisi kuzatildi
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
17:01 / 05.08.2025
Chimyonda yuk mashinalari qurilish chiqindilarini soyga to‘kib ketayotgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 15.06.2025