Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtik inspeksiya xizmatlari uchun to‘lovlar tartibi belgilanadi
«Zarur amaliyotlar» talablariga muvofiqlikni baholash bo‘yicha farmatsevtik inspeksiya xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibini belgilaydigan vaqtinchalik nizom joriy etiladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, farmatsevtik inspeksiya — dori vositalari ishlab chiqaruvchilar, klinik tadqiqot bazalari, laboratoriyalar, distribyutorlar va dorixonalarning tegishli standartlarga muvofiqligini baholash jarayoni hisoblanadi.
Nizom loyihasi talablari mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarni «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti», klinik tadqiqot bazalarini «Zarur klinika amaliyoti», laboratoriyalarni «Zarur laboratoriya amaliyoti», distribyutorlik va dorixona faoliyatini esa tegishli standartlar asosida tekshirishga tatbiq etiladi.
Belgilangan tartibga muvofiq, inspeksiya xizmatlari uchun to‘lovlar ariza beruvchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda vakolatli organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Agar inspeksiya belgilangan sifatda o‘tkazilmagani yoki ariza asossiz rad etilgani aniqlansa, to‘lovlar qaytarib beriladi.
Xizmatlar uchun haq miqdori vakolatli organning mehnat vaqti normasi, soatlik ish haqi, maxsus koeffitsiyentlar va qo‘shilgan qiymat solig‘i asosida formula orqali hisoblanadi. Ayrim hollarda xorijiy korxonalar uchun qo‘shimcha tuzatuvchi koeffitsiyent qo‘llanadi.
Shuningdek, mahsulot namunalarini tahlil qilish, xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar alohida tartibda qoplanishi belgilangan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.03.2026
Tadbirkor prezidentga: barchani rasmiy millionerga aylantirdingiz
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
13:32 / 22.11.2025
Farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari yangi elektron modul orqali amalga oshiriladi
18:09 / 25.08.2025