Farmonga köra, 2026 yil 1 yanvardan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning muomalasi quyidagiça tartibda amalga oşiriladi:
- tibbiy buyum va tibbiy texnikalar tibbiy jihozlar sifatida davlat röyxatidan ötkaziladi;
- tibbiy jihozlar inson hayoti bilan boğliq bölgan ehtimoli yuqori xavflarni hisobga olgan holda 4 ta xavfsizlik darajasiga köra tasniflanadi;
- tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat röyxatidan ötkaziladi.
Şuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlar uçun muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştirişda quyidagilar talab qilinadi:
- dori vositalari uçun – 2027 yil 1 yanvardan işlab çiqaruvçining dori vositalari turiga «Zarur işlab çiqariş amaliyoti – GMP» milliy sertifikati;
- tibbiy jihozlar uçun – 2027 yil 1 iyuldan işlab çiqaruvçining “ISO: 13485” milliy standartiga muvofiqlik sertifikati.
Farmonga köra, 2026 yil 1 yanvardan:
- mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar dori vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va röyxatdan ötkazilganlik guvohnomasining amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun «Zarur işlab çiqariş amaliyoti – GMP» milliy sertifikatiga ega bölişi talab etiladi;
- dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat röyxatidan ötkaziş natijalariga köra mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilarga amal qiliş muddati 5 yil bölgan röyxatdan ötkazilganlik guvohnomasi beriladi.
- bunda mahalliy işlab çiqaruvçilarga ilgari muddatsiz berilgan röyxatdan ötkazilganlik guvohnomalarining amal qiliş muddati mazkur Farmon kuçga kirgan sanadan e’tiboran 5 yil etib belgilanadi;
- dori vositalari va tibbiy jihozlarni işlab çiqariş ularning huquq egasining buyurtmasi asosida tegişli litsenziyaga ega bölgan işlab çiqaruvçilar tomonidan şartnoma orqali amalga oşirilişi mumkin;
- tibbiy jihozlarni çakana realizatsiya qiliş faoliyati uçun litsenziya talabi bekor qilinib, uşbu faoliyat vakolatli organni xabardor qiliş orqali amalga oşiriladi.








