Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
Shotlandiyada Britaniyaning atom suvosti kemalari bazasiga kirishga uringan ikki kishi - erkak va ayol qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlardan biri, taxminlarga ko‘ra, Eron fuqarosi hisoblanadi.
Shotlandiya politsiyasi Britaniyaning yadroviy tiyib turish kuchlari joylashgan Klayd harbiy-dengiz bazasi obekti — Fasleyn atom suvosti kemalari bazasiga kirishga uringan erkak va ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Londonda chiquvchi The Guardian gazetasi 20 mart, payshanba kuni xabar berdi. Bazada Trident yadroviy raketalari bilan jihozlangan suvosti kemalari joylashgan bo‘lib, u tashrif buyurish uchun yopiq hisoblanadi.
34 yoshli erkak va 31 yoshli ayol mamlakatdagi eng qattiq qo‘riqlanadigan harbiy obektlardan biriga kirish uchun ruxsatnoma so‘ragan, ammo rad javobini olgan. Keyinroq ular baza yaqinida qolib, shubhali tarzda harakat qilgani uchun politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
The Guardian manbalari ma’lumotiga ko‘ra, erkak Eron fuqarosi, ayolning fuqaroligi esa hozircha aniqlanmagan. Qo‘lga olinganlarning maqsadi noma’lum. Hokimiyat hozircha sodir bo‘lgan holatni jiddiy tahdid sifatida baholamayotgan bo‘lsa-da, josuslik versiyasini istisno qilmayapti. Keyingi vaqtlarda Britaniya maxsus xizmatlari Eron bilan bog‘liq ehtimoliy tahdidlarga alohida e’tibor qaratmoqda.
Qo‘lga olinganlar hibsda qolmoqda, tergov davom etmoqda. Qirollik harbiy-dengiz floti vakili shunday dedi: “Shotlandiya politsiyasi 19 mart, payshanba kuni Klayd harbiy-dengiz bazasiga kirishga muvaffaqiyatsiz uringan ikki kishini qo‘lga oldi. Ish davom etayotgan tergov predmeti bo‘lgani sababli, biz qo‘shimcha izoh berishdan tiyilamiz”.
Shu kuni — 19 martda Vestminster magistratlar sudi oldida 40 yoshli Eron va Britaniya fuqarosi Ne’matilla Shoxsavaniy hamda 22 yoshli Eron fuqarosi Alirizo Farosatiy hozir bo‘ldi. Ularga London va uning atrofidagi hududlarda yahudiy jamoasiga aloqador obektlar va shaxslarni kuzatganlik ayblovi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
07:33 / 14.02.2026
Infografika: qaysi davlatlarda atom suvosti floti bor?
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
23:08 / 18.09.2025
KXDR Rossiyadan atom suvosti kemalari texnologiyasini oldi – OAV
11:10 / 05.08.2025