Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishga qabul qiladi
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida erishilgan yangi kelishuvga ko‘ra, fuqarolar Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Dastlabki bosqichda 100 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiya qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida hamda Confagricoltura tashkiloti vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolarni Italiyaning agrar sohasiga ishga jalb etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Xususan, O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda Italiyaning Associazione Imprese Ortofrutticole tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan muddatga mavsumiy ishlarga yuboriladi.

Qayd etilishicha, mazkur assotsiatsiya Italiyaning meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyasini birlashtiradi. Tuzilma fermerlik, qayta ishlash, logistika va eksportgacha bo‘lgan to‘liq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Asosiy mahsulotlar sifatida olma, kivi, anor va qulupnay kabi mevalar tilga olingan.
Shuningdek, assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi joriy yilda pilot loyiha doirasida 100 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlashga tayyor ekanini bildirgan. Bu esa Italiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar uchun yangi yo‘nalish ochilayotganini ko‘rsatadi.


Ochiq manbalarda keltirilishicha, Italiyada mavsumiy ishga borish uchun ish beruvchi tomonidan ruxsatnoma rasmiylashtirilishi, so‘ngra mavsumiy ish vizasi olinishi talab etiladi. Bunday ish ruxsatlari, odatda, Italiyaning yillik kvota tizimi asosida beriladi.
Yangi kelishuv O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijda qonuniy mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi, shu bilan birga, mavsumiy bandlik orqali daromad topish va xalqaro mehnat tajribasini oshirishga zamin yaratishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026