Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
Janubiy Koreyada o‘zining KF-21 qiruvchisining birinchi seriyali nusxasi taqdim etildi. Bu muhim bosqich dastur qanchalik tez sur’atlarda ilgarilaganini ko‘rsatadi: birinchi prototip namoyish etilganidan beri besh yil o‘tdi.
Foto: Office of the President of South Korea
Yangi avlod qiruvchilarini yaratishga oid boshqa dasturlar fonida ishlanma sur’ati ayniqsa ta’sirli ko‘rinadi, garchi Seul bunday qisqa muddatga sig‘ish uchun bir qator sezilarli soddalashtirishlarga borgan bo‘lsa-da.
Birinchi seriyali KF-21 — u yana «Borame» nomi bilan ham tanilgan, bu koreys tilidan tarjima qilinganda «lochin» degan ma’noni anglatadi — ikki o‘rindiqli samolyot bo‘lib, u Seulning janubi-sharqida joylashgan Sachxon shahridagi Korea Aerospace Industries shtab-kvartirasida o‘tkazilgan marosimda namoyish etildi.
Prezident Li Chje Men ushbu qiruvchi Janubiy Koreyaning suveren rivojlanish va o‘zini o‘zi himoya qilish vositalarini yaratishga intilishi ramzi ekanini aytdi. U, shuningdek, mamlakatni mudofaa sohasida dunyoning yetakchi to‘rt davlati qatoriga olib chiqish niyatini ta’kidladi.
Hech qanday shubha yo‘qki, Janubiy Koreya mudofaa ishlab chiqarishi sohasida juda tez sur’atda asosiy o‘yinchilardan biriga aylanmoqda va buni yirik eksport shartnomalari tobora ko‘proq tasdiqlamoqda.
KF-21'dan tashqari, Li shuningdek, mamlakatga katta xorijiy savdolarni ta’minlab bergan K9 Thunder o‘ziyurar gaubitsasi va Cheongung zenit-raket kompleksini ham tilga oldi. Harbiy aviatsiya sohasida esa T-50/FA-50 o‘quv-jangovar samolyoti ham jahon bozorida jiddiy o‘yinchi sifatida o‘zini namoyon qildi.
Avvalroq e’lon qilingan rejalarga ko‘ra, Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlari 2028 yilgacha 40 ta KF-21 qiruvchisini, 2032 yilgacha esa ularning umumiy sonini 120 taga yetkazishi kerak.
Bunday tez taraqqiyotga Janubiy Koreyaning yangi avlod qiruvchilarini yaratish bo‘yicha boshqa dasturlardan ancha farq qiluvchi yondashuvni tanlagani sabab bo‘ldi.
KF-21 boshidanoq o‘ziga xos barcha xususiyatlarga ega to‘laqonli beshinchi avlod qiruvchisi sifatida ko‘rilmagan. Buning o‘rniga Seul uni «4,5-avlod» sinfiga kiritadi — bu atama odatda 1990-yillardan buyon paydo bo‘lgan yangi yoki chuqur modernizatsiya qilingan qiruvchilarga nisbatan qo‘llanadi.
«Haqiqiy» beshinchi avlod samolyotlaridan farqli o‘laroq, KF-21 konstruksiyasi avvalo kam sezilarlilik tamoyili atrofida qurilmagan, sensorlar integratsiyasi darajasi esa, masalan, F-35 Lightning II'dan ancha past.
Mavzuga oid
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026