O‘zbekiston | 20:39 / 28.03.2026
3463
1 daqiqa o‘qiladi

Kamida 21 yoshga to‘lganda nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi

Moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tuzilgan nikoh rag‘batlantiriladi.

2027 yildan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikoh tuzgan yosh oilalar uchun davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.

Shuningdek, ushbu oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilganda, oilalar a’zolariga taqdim etiladigan moliyaviy ko‘maklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunchilikda belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oshirilgan holda beriladi.

Bundan tashqari, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilar nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid