“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan yoş oilalar uçun turar joy ijarasi xarajatlarini qoplaş böyiça onlayn xizmat işga tuşirildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoş oilalar my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali ijara xarajatlarini qoplaş uçun onlayn ariza yuborişi mumkin.
Mablağ 12 oygaça muddatga, har oy ijara tölovining 50 foizigaça miqdorda ajratiladi.
Bunda Toşkent şahri, Nukus şahri va viloyat markazlarida bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravarigaça, boşqa hududlarda esa BHMning 2 baravarigaça tölanadi.
Kompensatsiya puli har oy ariza beruvçining ijtimoiy kartasiga ötkazib beriladi.
Uy egasi va ijaraga oluvçi yoş oila özaro yaqin qarindoş bölsa, kompensatsiya tayinlaş avtomatik ravişda rad etiladi.
Ijara kompensatsiyasi oluvçi yoş oilalar 12 oy davomida volontyorlik loyihalarida qatnaşişi, “Mutolaa” loyihasi doirasida har oy kamida bitta kitob öqişi hamda “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi kamida bitta tanlov yoki musobaqada iştirok etişi lozim.













