Turizm | 20:25 / 29.03.2026
2717
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi

“Nasriddin Afandi” festivali Nodir Devonbegi madrasasi, Nasriddin Afandi haykali yonida, “Sharq taomlari” festivali esa «Somoniylar» bog‘i kiraverishidagi hovuz oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty images

1 aprel kuni Buxoroda “Nasriddin Afandi" hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xo‘ja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bog‘liq bo‘lgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy bo‘ladi.

Bundan tashqari, "Sharq taomlari" festivaliga tashrif buyurganlar O‘zbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot berilishicha, “Nasriddin Afandi” festivali Nodir Devonbegi madrasasi, Nasriddin Afandi haykali yonida, “Sharq taomlari” festivali esa «Somoniylar» bog‘i kiraverishidagi hovuz oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid