Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda armiyaga chaqiruv yoshi 12 yoshdan etib belgilandi - OAV
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 yoshli bolalar razvedka va operativ qo‘riqlashga, “Basij” nazorat-o‘tkazuv punktlaridagi ishlarga, askarlarga ovqat tayyorlash, yaradorlarga qarashga jalb etiladi.
Foto: Getty images
Eronda armiyaga chaqiriluvchilarning minimal yoshi 12 yosh etib belgilandi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari o‘rinbosari Rahim Nadaliy ma’lum qildi, deb xabar berdi Al Arabiya telekanali.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, 12 yoshli bolalar razvedka va operativ qo‘riqlashga, “Basij” nazorat-o‘tkazuv punktlaridagi ishlarga, askarlarga ovqat tayyorlash, yaradorlarga qarashga jalb etiladi.
Qayd etilishicha, bu Eronning harbiy operatsiyalarda bolalardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga zid hisoblanadi.
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati 3,5 ming nafarga yaqin Amerika dengizchilari va dengiz piyoda qo‘shinlari Yaqin Sharqqa yetib kelganini xabar qilgandi.
OAVning yozishicha, AQSh Eronga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
14:54 / 29.05.2026
Eronliklar uzoq shatdaundan keyin internetga kirishdi. Buni ular qanday qarshi olishdi?
12:19 / 29.05.2026